28 октябр 2026

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Nazariy fizika instituti direktori Bobomurod Ahmedov Xitoyning nufuzli Harbin Institute of Technology oliygohida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Tashrif doirasida akademik institutning School of Physics fakultetida ilmiy ma’ruzalar bilan ishtirok etib, xitoylik hamkasblari bilan ilmiy fikr almashmoqda.

Mazkur tashrif xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlash va istiqbolli qo‘shma tadqiqotlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.