28 октябр 2026

O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Nazariy fizika institutida ilmiy salohiyatni yuksaltirish, fundamental tadqiqotlarni rivojlantirish hamda yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash yo‘lida muhim yutuqlardan biri qayd etildi.
Institutda ikki nafar tadqiqotchining falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishlari muvaffaqiyatli himoya qilindi.
Ushbu muhim ilmiy yutuq munosabati bilan dissertatsiya ishlarini himoya qilgan tadqiqotchilarni samimiy muborakbod etamiz. Ularga kelgusi ilmiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, yangi ilmiy kashfiyotlar va yuksak marralar tilaymiz.
Ishonamizki, ushbu muvaffaqiyatlar mamlakatimiz ilm-fani taraqqiyotiga, nazariy fizika sohasidagi ilmiy izlanishlarning yanada rivojlanishiga munosib hissa qo‘shadi.

Ilmiy faoliyatingiz bardavom, yutuqlaringiz yanada zalvorli bo‘lsin!
O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Nazariy fizika instituti jamoasi.