19 октябр 2026

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Nazariy fizika instituti direktori Bobomurod Ahmedov Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli ilmiy-ta’lim muassasalaridan biri — Harbin Institute of Technologyda xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Tashrif doirasida akademik Bobomurod Ahmedov institutning School of Physics — Fizika fakultetida xitoylik hamkasblari uchun ilmiy ma’ruzalar bilan ishtirok etmoqda.

Ilmiy uchrashuvlar zamonaviy fizikaning dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashish, tadqiqot natijalarini muhokama qilish va xalqaro ilmiy aloqalarni yanada rivojlantirish uchun muhim imkoniyat yaratmoqda.

Tashrif davomida, shuningdek, ilmiy hamkorlik istiqbollari, tajriba almashinuvi va kelgusidagi qo‘shma tadqiqotlar yo‘nalishlariga e’tibor qaratilmoqda.

Bunday xalqaro ilmiy muloqotlar O‘zbekiston ilm-fanining xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash, milliy ilmiy salohiyatni keng namoyon etish hamda yangi hamkorlik imkoniyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Ilm-fan taraqqiyoti — xalqaro hamkorlik va yangi ilmiy ufqlar sari!

#NazariyFizikaInstituti #OzbekistonFA #BobomurodAhmedov #HarbinInstituteOfTechnology #XalqaroHamkorlik #IlmFan #Physics