28 октябр 2026
2026-yil 22-oktabr kuni
O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.FM.01.04.M raqamli
Ilmiy kengash majlisida Yo‘ldashev Jasurbek Sa’dulla o‘g‘lining
fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish
uchun tayyorlangan “Boshqariluvchi nochiziqlilikka ega muhitlarda nochiziqli
to‘lqinlar dinamikasi” mavzusidagi dissertatsiya ishi himoyasi bo‘lib
o‘tadi.
Tadqiqot boshqariluvchi
nochiziqlilikka ega muhitlarda nochiziqli to‘lqinlar dinamikasini, jumladan,
raqobatlashuvchi nochiziqlilik sharoitida to‘lqin jarayonlarining
xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan.
Dissertatsiya O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fizika-texnika
institutida bajarilgan.
Ilmiy rahbar – Fatxulla Xabibullayevich Abdullayev, fizika-matematika
fanlari doktori, akademik.
Himoya sanasi: 2026-yil 22-oktabr.
Ixtisoslik: 01.04.02 – Nazariy fizika.
Ilmiy kengash: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi
DSc.03/2025.27.12.FM.01.04.M raqamli Ilmiy kengash.
Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani,
Universitet ko‘chasi, 4-uy.