Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Nazariy fizika ilmiy-tadqiqot instituti fundamental va amaliy fizika yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqotlar olib boruvchi ilmiy markazlardan biridir.
Institutning asosiy faoliyati zamonaviy nazariy fizikaning dolzarb muammolarini tadqiq etish, yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.
Markaziy Osiyodagi eng kuchli va nufuzli nazariy fizika ilmiy markazlaridan biriga aylanish.
Fundamental fanlarni rivojlantirish, yangi ilmiy natijalarni qo‘lga kiritish va xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlash.
Zamonaviy ilm-fan uchun yuqori malakali mutaxassislar va yosh olimlarni tayyorlash hamda yangi ilmiy ishlanmalarni yaratish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 martdagi “Fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5032-sonli qarori 39-bandida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzurida Nazariy fizika ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish belgilab qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023 yil 5 oktyabrdagi “Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzurida Nazariy fizika ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi 446-son buyrug‘i bilan Nazariy fizika ilmiy-tadqiqot instituti yuridik shaxs maqomisiz tashkil etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 28 maydagi “Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzurida Nazariy fizika institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi VQL-4704/21-4-sonli qarori bilan Nazariy fizika institutini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifga rozilik berilgan.
Nazariy fizika institutida uchta asosiy nazariy fizika sohasida ilmiy faoliyat olib borilmoqda:
Yuqori energiyalar fizikasi, elementar zarralar va kvant maydonlari bilan bog‘liq ilmiy tadqiqotlar.
Kondersirlangan holat, nochiziqli fizika va zamonaviy materiallarning nazariy muammolari.
Astrofizika, gravitatsiya, kosmologiya va relyativistik jarayonlarning nazariy tadqiqotlari.
Institut nazariy fizikaning yuqori energiyalar fizikasi va elementar zarralar, yadroviy fizika va astrofizika, relyativistik astrofizika va gravitatsiya, kondersirlangan holat va nochiziqli fizika, kvant tarmoqlar hamda dinamik tizimlarning dolzarb muammolari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar va ilmiy kadrlar tayyorlash markazi bo‘lishi rejalashtirilgan.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Nazariy fizika ilmiy-tadqiqot institutida 2023 yilda ALM-202310062528 sonli “Zamonaviy ilg‘or fizikaning amaliy aspektlari” loyihasi doirasida 10 nafar ilmiy xodim faoliyat olib borgan. Ularning 3 nafari akademik, 5 nafari fan doktori (DSc), professorlar, 2 nafari fan nomzodi (PhD) hisoblanadi.
Institut tashkil topgandan beri ilmiy kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. 2023 yilda institutning 1 nafar ilmiy xodimi PhD ilmiy darajasini olgan.
2024 yilning 1 iyun holatiga ko‘ra institutda jami 10 nafar xodim faoliyat yuritgan bo‘lib, ularning 3 nafari akademik, 5 nafari fan doktori (DSc) va professor, 2 nafari falsafa doktori (PhD) bo‘lgan. Institutning ilmiy salohiyati 70 foizni tashkil etgan.
Nazariy fizika institutida ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi asosida ALM-202310062528 sonli “Zamonaviy ilg‘or fizikaning amaliy aspektlari” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Loyiha bo‘yicha ilmiy rahbar — akademik Axmedov Bobomurot Juraevich.
Loyiha doirasida 2024 yilda jami 30 ta ilmiy ish, jumladan 20 ta ilmiy maqola va xalqaro hamda respublika miqyosidagi anjumanlarda 10 ta tezis nashr etilgan. Ilmiy maqolalarning 20 tasi xorijiy ilmiy jurnallarda, jumladan Scopus bazasiga kiritilgan jurnallarda chop etilgan.
2024 yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Intellektual mulk agentligining 2 ta EHM va mobil dasturlar guvohnomasiga arizalar berilgan.
Scopus ma’lumotlari bo‘yicha institutning 7 nafar xodimida Xirsh indeksi mavjud.
Institut 1 ta amaliy loyiha bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Institut tashkil topgandan beri xorijiy jurnallarda 20 ta ilmiy maqola, jumladan Scopus bazasiga kiritilgan jurnallarda 20 ta maqola chop etilgan.
Anjumanlarda jami 10 ta tezis, jumladan xalqaro miqyosdagi 10 ta tezis nashr etilgan.
2023–2024 yillar davomida Scopus bazasi bo‘yicha iqtiboslar soni 2000 tani, Google Scholar bo‘yicha esa 2157 tani tashkil etgan.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzurida Ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.FM.01.09 raqamli ilmiy kengash fizika-matematika fanlari bo‘yicha 01.04.02 — nazariy fizika ixtisosligidan doktorlik — fan doktori va falsafa doktori dissertatsiyalarini himoyaga qabul qilib, himoyalarni amalga oshirmoqda.
Ilmiy kengash tashkil etilganidan beri qisqa davrda, ya’ni 2023 yil noyabr oyidan boshlab, fizika-matematika fanlari bo‘yicha 4 ta falsafa va fan doktori tayyorlandi.
2023 yil oktyabr oyida Nazariy fizika sohasidagi zamonaviy ilmiy yo‘nalishlarga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi.
2024 yil may oyida nazariy fizika va astrofizikaning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi.
Institut ilmiy faoliyatini boshqaradi, ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtiradi, xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, ilmiy loyihalarni amalga oshirish va yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash jarayonlarini tashkil etadi.
Biografiya